Oʼzbekistonga 8 oyda 3 million nafar turist kelgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 3 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʼzbekistonga tashrif buyurgan bo’lib, eng ko’p turist Qozogʼistondan (922,7 ming nafar) kelgani qayd etilgan.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln. nafarga yoki 1,9 baravarga oshgan.

Oʼzbekistonga 8 oyda oyda eng koʼp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

Qozogʼiston – 922,7 ming nafar
Qirgʼiz R. – 821,9 ming nafar
Tojikiston – 814,5 ming nafar
Rossiya – 316,9 ming nafar
Turkiya – 45,8 ming nafar
Janubiy Koreya – 10,9 ming nafar
Germaniya – 10,3 ming nafar
АQSh – 7,8 ming nafar
Hindiston – 6,7 ming nafar
Fransiya – 6,4 ming nafar
Ozarbayjon – 6,1 ming nafar
Isroil – 6,6 ming nafar
Buyuk Britaniya – 6 ming nafar
Italiya – 4,7 ming nafar
Ispaniya – 3,1 ming nafar