Oʼzbekistonliklar turistik maqsadlarda eng koʼp qaysi davlatlarga borgan?

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-noyabr holatiga 4,4 million nafar Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Oʼzbekistonliklar turistik maqsadlarda eng koʼp safar qilgan davlatlar ro’yxatida Qirg’iz Respublikasi, Qozogʼiston va Tojikiston yetakchilik qilmoqda.
Qirgʼiz R. – 2151,8 ming nafar;
Qozogʼiston – 870,0 ming nafar;
Tojikiston – 615,2 ming nafar;
Turkiya – 264,0 ming nafar;
Rossiya – 210,3 ming nafar;
BАА – 98,0 ming nafar;
Saudiya Аrabistoni – 54,7 ming nafar;
Misr – 31,9 ming nafar;
Janubiy Koreya – 19,2 ming nafar;
АQSh – 13,9 ming nafar;
Hindiston – 8,5 ming nafar;
Gruziya – 7,8 ming nafar.






