Oʼzbekistonning amaldagi prezidenti, OʼzLiDeP fraksiyasidan koʼrsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga yetib bordi va saylovchilar bilan uchrashdi va viloyatdagi mehribonlik uylari haqida gapirdi

“Samarqanddagi mehribonlik uylarini mendan yaxshi biladigan odam yoʼq. Birinchi marta kelganimda u joylarga kirib boʼlmasdi

Bir tuman prokuraturasi chiroyli binoda oʼtirgan edi. Qarovsiz mehribonlik uyini oʼsha binoga koʼchirtirdim. Oʼshanda birinchi marta respublikaning sobiq prokurori bilan “bordi-keldi” gap boʼldi. “

Men shu viloyatda hokimman, oʼzim uchun qilmadim, bolalar uchun, xalq uchun qildim” degandim”, – deydi Shavkat Mirziyoev.