Oʼzbekistonning xorijdagi Favqulodda va Muxtor Elchilarining JIDUga tashrifi

JIDU tashkil etilganligiga 30 yil toʼlishi munosabati bilan, bugun 27-sentabr kuni Oʼzbekistonning 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda TIV masʼul xodimlari Elchilarining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib, universitet professor-oʼqituvchilari va talabalari bilan uchrashdilar.

Yoshlar bilan boʼlib oʼtgan suhbat davomida barcha Elchilar, xusususan, ular orasidan mazkur muqaddas dargohni bitirib Oʼzbekistonning xorijdagi Vakolatxona rahbari lavozimida faoliyat koʼrsatayotgan diplomatlar oʼz faoliyati hamda bosib oʼtgan yoʼllari, turli xil sinovlar va muvaffaqiyatlar haqida talabalarga soʼzlab berdilar

JIDU oʼquv ishlari boʼyicha prorektor D.Аmanov tomonidan universitetga doir amalga oshirilgan ishlar, kutilayotgan yangiliklar, kelajakdagi maqsadlar toʼgʼrisida tashrif buyurganlarga qisqacha maʼlumot berildi.

Tadbir ishtirokchilarini JIDUga oid yaqinda qabul qilingan yangi qaror barchaning diqqat markazida boʼldi. Mazkur qaror bilan oliygoh “Smart University” konsepsiyasi natijasida transformatsiya qilinadi.