O‘zbek paxtasi tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatdan xoli

O‘zbekistonda yillik paxta yig‘im-terimiga har yili qariyb ikki million kishi jalb qilinadi. XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti)ning so'nggi xulosalariga ko‘ra, mamlakat 2021-yilgi paxta ishlab chiqarish sikli davomida majburiy va bolalar mehnatiga barham berishga muvaffaq bo‘ldi.

JENEVA (XMT yangiliklari) ma'lumotlariga ko’ra, yetti yil avval O‘zbekistonda paxta sohasini isloh qilish jarayoni boshlanganidan buyon ikki millionga yaqin bola bolalar mehnatidan, yarim million kattalar esa majburiy mehnatdan chetlashtirildi.

XMTning 2021-yilgi O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi monitoringi bo‘yicha uchinchi tomon hisobotiga ko‘ra, terimchilar bilan o‘tkazilgan o‘n bir ming suhbatga asoslangan holda, 2021-yilgi paxta terimiga jalb qilinganlarning 99 foizi ixtiyoriy ravishda mehnat qilgan.

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, respondentlarning 0,47 foizi mahalla vakillari (jamoa darajasidagi mahalliy amaldorlar) tomonidan ijtimoiy nafaqalar bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki "yashirin" tahdidlar haqida, respondentlarning 0,12 foizi esa ish beruvchilar tomonidan ish yoki ish haqini yo‘qotish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki "yashirin" tahdidlar haqida xabar bergan.

Bu xulosalar Jahon banki bilan kelishuv asosida 2015-yildan buyon O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi monitoringini olib borayotgan XMTning uchinchi tomon monitoringi loyihasining eng so‘nggi xulosasidir.

P.S. XMTning 2021-yilgi O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi monitoringi bo‘yicha uchinchi tomon hisoboti 29-mart kuni e’lon qilinadi.