O‘zbekiston 13 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 133,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,9 mln. dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln. donaga oshgan.

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 69,6 mln.
Vetnam – 49,6 mln.
Hindiston – 6,6 mln.
Qozog‘iston – 5,5 mln.
BAA – 960 ming
Germaniya – 647 ming
Rossiya – 175,8 ming
Koreya – 61,1 ming AQSH dollari