O‘zbekiston 2023-yilda eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatida 9-o‘rinda qayd etildi

Amerikaning “Travel Lemming” onlayn-sayohat qoʻllanmasi Oʻzbekistonni 2023-yilda dunyoning 50 ta eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritdi. Ushbu ro’yxatda mamlakatimiz 9-oʻrinni egallagan.

Ushbu qo'llanma har yili dunyo bo'ylab yangi yo'nalishlarni ma'lum qiladi va har yili 6 milliondan ortiq sayohatchilar tomonidan o'qiladi.

Maqolada O‘zbekiston “Markaziy Osiyo mintaqasining durdonasi va 2023-yilda albatta ko‘rish kerak bo‘lgan manzil” deya qayd etilgan.

Bundan tashqari, maqolada O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlari haqida so‘z borgan. Maqola muallifi asosiy diqqatga sazovor joylarga e'tibor qaratib, Ipak yo'li me'morchiligining go'zal namunalarini ko'rish mumkin bo'lgan qadimiy shaharlarni ziyorat qilishga urg'u bergan. Jumladan, Samarqanddagi Registon maydonida quyosh botishidan zavqlanish, mashhur Chorsu bozoridan quritilgan mevalarni xarid qilish va Toshkentda metroda yurish kabilar.

Shuningdek, roʻyxatda qayd etilgan eng yaxshi 10 ta joy:

Lafayette, Luiziana;
Butan;
Utila, Gonduras;
Sent-Mari oroli, Madagaskar;
Kosovo;
Salento, Kolumbiya;
Vanuatu;
Ohrid koʻli, Shimoliy Makedoniya;
O‘zbekiston;
Detroyt, Michigan.