O‘zbekiston AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan voz kechdi

O'zbekiston Amerika qimmatli qog'ozlarini sotib olish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Bloomberg agentligi O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Bekzod Hamroyevning so‘zlariga asoslanib xabar bermoqda.
Bekzod Hamroev O‘zbekiston AQSh davlat obligatsiyalariga sarmoya kiritish haqida o‘ylaganida bozor bunga yo‘l qo‘ymaganini ta’kidladi.
O‘zbekiston AQSh va Xitoy suveren qarzlarini sotib olish orqali o‘z zaxiralaridagi oltin ulushini 50 foizdan pastga tushirishni rejalashtirgan.
Dunyoning markaziy banklari orasida o'tgan chorakda oltinning ikkinchi eng yirik xaridori bo’lgan bankning ta’kidlashicha, oltin quymalari hech qachon juda ko'p bo'lmaydi. O'zbekiston qimmatbaho metallarni sotib oldi va oltinning ulushi mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining uchdan ikki qismini tashkil etdi. Mamlakat zahiralari 32 milliard dollarni tashkil qiladi.






