O‘zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati terma jamoa a‘zolari bilan uchrashdi

Olimpiada yakuniga yetgach o‘z-o‘zidan navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik boshlab yuboriladi. O‘zbek bokschilarini esa oldinda ko‘plab musobaqalar kutib turibdi.

Bugun navbatdagi musobaqalar oldidan O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov terma jamoa a‘zolari bilan uchrashib, ular bilan dildan suhbatlashdi.

Yig‘ilish davomida endilikda terma jamoada ishni tashkil etishda kiritiladigan o‘zgarishlar, oldindagi rejalar va boshqa masalalar gaplashib olindi. Federatsiya rahbari barcha uchun imkoniyat borligi haqida gapirdi.

Uchrashuvda terma jamoamiz sardori Bahodir Jalolov, shuningdek Rustam To‘laganov va boshqa bokschilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.