O‘zbekiston bosh konsuli Sankt-Peterburgdagi yosh vatandoshlarni tashakkurnoma bilan taqdirladi

A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti binosida unda tahsil olayotgan O‘zbekiston talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomidak universitet rektori Sergey Tarasov bilan alohida uchrashuv boʻlib oʻtdi va unda universitetning Namangan va Samarqand davlat universitetlari bilan faol hamkorligi, shuningdek, keyinchalik Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish istagi borligi taʼkidlandi.
Hozirda ushbu universitetda O‘zbekistonlik 256 nafar talaba tahsil olmoqda.
Uchrashuv O‘zbekistonning “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni, davlatimiz rahbarining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonun doiralarida tashlikkashtirildi.
Tadbir so'ngida, O'zbekiston Respoblikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish jarayonida faol ishtirok etgan 9 nafar o'zbek talabalari ma'muriyat tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.






