O‘zbekiston Delegatsiyasi Castilla y Leon hududiy hokimiyati Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik Kengashi rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston Delegatsiyasi Castilla y Leon hududiy hokimiyati Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik Kengashi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Kastilla Lion(Castilla y Leon) hududiy hokimiyati Qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.
Chorvachilikni kuzatish va gigiyena xizmati boshlig‘i Santiago de Kastro, bugungi kunda Ispaniyaning Chorvachilik yo‘nalishidagi erishgan yutuqlari haqida so‘zladi va genetika sohasida “Ovigen” kompaniyasi Ispaniyada yetakchi kompaniya ekanligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda, Kastilla Lion hududining chorvachilik sohasini rivojlantirishda davlat idoralarining ishtiroki, tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan preferensiyalar, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda tanlangan strategiyalar, loyihalarning ishlash mexanizmi, subsidiyalash tartibi, federatsiya va assotsiatsiyalar tarkibidagi mayda shoxli mollar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning davlat oldidagi majburiyatlari, veterenariya sohasida erishilgan natijalar, chorvachilik sohasini raqamlashtirishning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda so‘ngida Kastilla Lion(Castilla y Leon) hududiy hokimiyati Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik boshqarmasi, O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikka tayyor ekanligini aytdi. Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv so‘nggida, tomonlar esdalik sovg‘alarini ulashdilar.






