O‘zbekiston delegatsiyasining Antaliyaga tashrifi

Turkiya Hukumatining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ikkinchi Diplomatik forumda ishtirok etish uchun 2022-yilning 10-13-mart kunlari Antaliya shahrida bo‘ladi.

Forum doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.