O‘zbekiston eng arzon benzin bo‘yicha 170 ta davlat ichida 34-oʻrinni egalladi

“GlobalPetrolPrices”ning 14-mart holatiga taqdim e’tgan maʼlumotlariga ko’ra, Oʻzbekiston benzin eng arzon boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kirdi va 170 ta davlat ichida 34-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, dunyodagi eng arzon benzin Venesuela (galloniga 0,095 dollar), Liviyada (0,132 dollar) va Eronda (0,194 dollar) qayd etilgan.

Eng qimmatlari esa Gonkong (10 898 dollar), Monako (9 375 dollar) va Niderlandiyada (9 205 dollar) aniqlangan. AQShda benzin Rossiyanikidan uch baravar qimmat: mamlakat galloniga 4689 dollar bilan 170 ta davlat ichida 83-o‘rinni egalladi.