O‘zbekiston Fransiya bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Yevropa Ittifoqining "+" preferensiyalari bosh tizimi (GSP+) benefitsiarining maqomini olganligi sababli o‘zbek to‘qimachiligi Yevropa bozorida mavqeyi yanada oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Yevropa Ittifoqining "+" preferensiyalari bosh tizimi benefitsiarining maqomini olish O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi hududiga eksportini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Xususan, to‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlik istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.
Shu maqsadda 18-oktyabr kuni elchixona tomonidan Parij moda akademiyasi va "O'zbektekstilprom" uyushmasi bilan hamkorlikda to'qimachilik sanoati uyushmasi vitse-prezidenti Norbert Blanm, Ittifoqning iqtisodiy va Yevropa masalalari bo‘yicha direktori Joel da Fonseka – Rullan, Fransiya to‘qimachilik, ichki kiyim va cho‘milish Federatsiyasi Bosh ijrochi direktori Karin Sfar bilan videokonferensiya formatida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev va "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisi Ilhom Haydarov Fransiya tomoniga so‘nggi yillarda sohada O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
Fransiya to‘qimachilik sanoati Ittifoqi vitse-prezidenti N. Blank o‘z nutqida O‘zbekiston Yevropa kompaniyalari tomonidan katta qiziqish uyg'otayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan qattiq va tayyor matolarni autsorsingi bo‘yicha o‘zaro manfaatli bitim imzolash imkoniyatlari mavjud.
Shuningdek, uchrashuv doirasida ushbu sohada kadrlar tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.






