O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini inobatga olib, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlar ro‘yxatini tuzib chiqmoqda.
Maqbul evakuatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar uchinchi davlatlarning manfaatdor xizmatlari bilan kelishiladi. Bu haqda O‘zbekiston fuqarolari elchixonaning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O‘zbekistonning barcha fuqarolari pasport maʼlumotlarini elchixonaning elektron manziliga yuborishlari mumkin.
"Ukrainada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolaridan xotirjamlikni saqlashlarini va qo‘shimcha savollar tug‘ilganda elchixona bilan aloqada bo‘lishlarini so‘raymiz", deyiladi elchixona murojaatida.






