O‘zbekiston «Green Card» g‘oliblari uchun tasdiqlangan vizalar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi xabarida qayd etilishicha, O‘zbekiston 2022-yilda “Green Card” lotereyasi g‘oliblari uchun tasdiqlangan vizalar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lum qilinishicha, o'tgan yilgi dastur davomida Toshkentdagi AQSH Elchixonasining Konsullik bo'limi, AQSHning dunyodagi barcha elchixonalari va konsullik bo'limlariga nisbatan,"Diversity Visa" (Green Card Lotereyasi) dasturi orqali eng ko'p sonli immigratsion vizalarni taqdim etish bo'yicha beshinchi o'rinni egallagan edi.






