O‘zbekiston havo yo‘llari Qozog‘iston shaharlaridan biriga parvozlarni to‘xtatdi

Qozog‘iston shahridagi aeroport yopilishi munosabati bilan Urganch – Aktau – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha reyslar bekor qilindi.
O‘zbekiston Qozog‘iston shaharlaridan biriga parvozlarni to‘xtatdi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining 5 yanvar kuni Urganch – Aktau – Urganch yo‘nalishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan HY-9725/9726 muntazam reyslari Aktau xalqaro aeroporti yopilishi munosabati bilan bekor qilindi.
Aviakompaniya ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlar kunlari haqida maʼlumot beradi.
Qayd etilishicha, 5 yanvar kuni Aktauga bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari chipta narxini sotib olgan joyida to‘liq qaytarib olish yoki parvozlar qayta tiklangandan keyin istalgan sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga ega.






