O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilganining 4 yilligi

Ushbu sana munosabati bilan mazkur oliy ta’lim dargohida o‘tkazilgan bayram tadbirida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi.
Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo'ja boshchiligidagi jamoa, ustozlar va talabalarni ishtirkoidagi tadbir ko'tarinki ruxda bo'lib o'tdi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning so‘z erkinligi, ommaviy axborot vositalari rivoji va umuman jurnalistika sohasiga qaratayotgan katta e’tiborining amaliy isboti sifatida tashkil etilgan ushbu universitet kelgusida yuksak kasbiy mahoratga ega, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan professional jurnalistlarning yangi avlodini yetishtirishi shubhasiz.
Aziz ustozlar, yosh jurnalistlar va talabalar! Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman." - deya ta'kidladi Sherzod Asadov.






