O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish

3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jahon banki ishtirokida «O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Jahon banki, Fanlar akademiyasi va Ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Montovanelli ochib berdilar.

– O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish, global bozorda milliy mahsulotlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini, iqtisodiyot diversifikatsiyasi samaradorligini hamda aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan, – dedi I. Abdurahmonov.

Ta’kidlsha joizki, 2020 yil 28 oktabr kuni Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan 50 million AQSH dollari miqdorida mablag‘lar ajaratilishi tasdiqlanib, «O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi ma’qullandi va 2021 yil 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasida Moliyaviy bitim imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi 172-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihaning ijro etuvchi tashkiloti etib hisoblanadi.