O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $745 mlnga ko‘paydi

1-may holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 745 mln dollarga ko‘payib, jami 35,9 mlrd dollarni, shu jumladan valyuta qismi 13,5 mlrd dollarni, oltin qismi esa 21,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
2022-yil 1-may sanasiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan oyga nisbatan 745 mln dollarga ortib, jami 35,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy bank taqdim qilgan ma’lumotlarda aks etgan.
Unga ko‘ra, zaxiralarning valyuta qismi mart oyidagi keskin kamayishdan keyin yana barqarorlashgan va aprel oyi bilan solishtirganda o‘sish hajmi 332 mln dollarni tashkil qilgan. Valyuta zaxiralari hozirda 13,5 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.






