O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Iordaniyada boks bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi.
Iordaniyada 13-mart kuni boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlari sarhisob qilindi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirda eng kuchli bo‘ldi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston, uchinchi o‘rinda Hindiston terma jamoasi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani 6 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.






