O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi. U barcha qo‘shni mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, birinchi sammit 2018-yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon etishi kutilmoqda.