O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Qurolli Kuchlar vazirligining Yevropa, Shimoliy Amerika va koʻp tomonlama harakatlar departamenti boshligʻi Giyom Ollanye boshchiligidagi Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashdi.

TIV xabariga koʻra, suhbat chogʻida Afgʻonistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, Oʻzbekiston va Fransiyaning afgʻon inqirozini hal qilish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilingan.

Giyom Ollanye O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyani mustahkamlash, shuningdek, mamlakatda energetika va transport sohasida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.