O‘zbekiston qurilish vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Shukrullo Jahongirov qurilish vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha "Mimar Group" MChJ bosh arxitektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Prezidentning tegishli farmoni bilan Shukrullo Jahongirov qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Jahongirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar loyiha va qurilish tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shu kungacha vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shuhratxo‘ja Rahmatjonovich Hoshimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.