O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning Uralxim kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni “Uralxim” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi, bosh direktor Dmitriy Mazepinni qabul qildi.
Rossiyaning eng yirik mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchisi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.
Tegishli resurs bazasini o'zlashtirgan holda azot, fosfor va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan kelishuvga erishildi.






