O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoselektor shaklida o'tkaziladigan navbatdagi yig'ilishda ishtirok etadi.
Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev raisligida o'tadi. Unda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat – Kuba yetakchilarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibiga koʻra, YOII doirasidagi integratsiya jarayonini kengaytirish va ushbu koʻp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Ta'kidlash joizki, oʻtgan yilning dekabr oyidan buyon Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi hisoblanadi.






