O‘zbekiston Respublikasining ekologik muammolarini hal qilishda sinergiya natijalari: davlat, jamoat tashkilotlari, biznes - mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi

Mazkur konferensiyada Savdo-sanoat palatasi raisi, O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi raisi A.Ikromov, Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi F.Degtyarev hamda har ikki mamlakatning mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash dolzarbligi, shuningdek, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonini takomillashtirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘rilayotganini qayd etib o‘tdi.
Shu bilan birga Respublikamiz hududidagi korxonalarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun innovasion texnologik jarayonlardan foydalanish, ekologik toza texnologiyalar, sanoat, xomashyo turlarini, tadqiq etish va rivojlantirishga sarmoya kiritish zarurligigi ta'kidlandi.
Shundan so‘ng tadbirni davom ettirish maqsadida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi F.Degtyarev va ishtirokchi tashkilotlar vakillari so‘zga chiqishdi hamda mavzu doirasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir davomida Rossiyaning "Sovplim" kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor bo‘lgan O‘zbekistonning yirik sanoat korxonalari, vazirliklar va idoralari vakillari tomonidan muloqotlar tashkil etildi.






