O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni biznes-forumiga start berildi

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih ishtirokidagi O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni biznes-forumiga start berildi.

Biznes forum doirasida shuningdek ikki mamlakatning ishbilarmon doira vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Bright Uzbekistan ushbu forumning eng muhim jarayonlarini yoritish uchun bevosita ishtirok etmoqda.