O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "Italiya – Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida siyosiy-diplomatik, chegaralar, savdo-iqtisodiy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida, Ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Xalqaro va mintaqaviy vaziyat, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.