O‘zbekiston Ukrainadan yana 250 nafar vatandoshini olib keldi

Joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekistonga yana 250 nafar vatandoshimiz Ukrainadan Polsha orqali olib kelindi. Hozirgi kunda evakuatsiya qilinganlar soni 5,8 ming kishidan oshdi.
Katovitse (Polsha) aeroporti orqali Ukrainadan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, 43 nafar ayol, 20 nafar bolalar va 8 nafar go‘dak olib chiqildi.
28-fevraldan 15-martga qdar jami 26 ta reys tashkil etilib, Ukraina hududidan 5884 nafar vatandoshimiz, jumladan, 300 nafardan ortiq ayol, 700 nafardan ortiq 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 40 nafar nogironlar, shuningdek, talabalar va mehnat muhojirlari evakuatsiya qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.






