O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yanada faollashadi

Joriy yilning 10 - dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalari bo'yicha yig'ilish o‘tkazdi.
Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, uning BAAdagi vakolatxonasi rahbariyati va xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi favqulodda va Muxtor elchisi ishtirok etdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida mavjud kelishuvlarni amalga oshirishning hozirgi holati, qo‘shma loyihalarning joriy etilishi va istiqbolli sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar ko'rib chiqildi.






