O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari

6 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Salmon Fazlur Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ikki mamlakat hududida qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal va farmatsevtika kabi sohalarda sanoat hamkorligini yo‘lga qo‘yish uchun ikkala mamlakat yetarli shart-sharoitlarga ega ekanligi ma’lum qilindi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan hamkorlik sohalarini rag‘batlantirish va amalda joriy etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishildi.






