O‘zbekiston va BMT Pokistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Bugun, 29-sentabr kuni O‘zbekiston hukumati va BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan Pokistonda sodir bo‘lgan halokatli suv toshqinidan jabrlanganlarga taqdim etilgan insonparvarlik yordami yuklangan samolyot Termizdan Karachiga parvoz qildi.
Qayd etilishicha, bu birinchi qo‘shma insonparvarlik yordami bo‘lib, yuklar O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan samolyotlarda yetkazib beriladi.
Ma’lumotlarga ko’ra, nsonparvarlik ko‘magi tarkibi suv toshqinlari oqibatida o‘z boshpanalaridan ayrilganlar uchun 15 tonnadan ortiq hajmdagi vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar joy modullaridan iborat.






