O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Dushanbeda o‘zaro munosabatlarning dolzarb jihatlari va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Dushanbe shahrida Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sodiq Imomi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O‘zaro munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani, ikki tomonlama hamkorlik yuksalish yo‘lida rivojlanib, amaliy mazmun bilan to‘ldirilayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdi, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildi.






