«O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar» mavzusida davra suhbati

Bugun Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasining (SETA) turkiyalik mutaxassislari, xususan, fond professori, Uludag‘ universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi Ferhat Pirinchchi, Ozarbayjon Iqtisodiyot universiteti professori, ilmiy tadqiqotchi Mexmet Yuje, Xassan Kalyonju universiteti o‘qituvchisi Murat Aslan va boshqalar ishtirok etadilar.

Ma’lumot uchun: SETA jamg‘armasi 2005-yilda Anqarada tashkil etilgan. Bugungi kunda jamg‘arma vakolatxonalari Istanbul, Vashington va Qohira shaharlarida mavjud. Jamg‘arma milliy, mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha innovatsiya tadqiqotlariga bag‘ishlangan notijorat tadqiqot instituti hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi hozirgi siyosiy va iqtisodiy tamoyillarni tahlil qilishdan iborat.