O‘zbekiston va Turkmaniston ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlamoqda

Sardor Umurzakov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri R.Meredov bilan uchrashdi.
Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 3-Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat o‘zaro hamkorlik qilishining yuksak salohiyatini hisobga olgan holda, tomonlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmaniston Hukumatlararo komissiyasining yaqin kelajakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishining dolzarbligini qayd etdilar.
Shu nuqtai nazardan, tegishli kelishuvlar tayyorlanishini maromiga yetkazish maqsadida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari darajasida videokonferensiya orqali ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.






