O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, mintaqaviy va xalqaro darajadagi aloqalarni muhokama qildilar.

Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, Janubiy Osiyo va Janubiy Kavkaz yo‘laklari orqali yangi tashqi bozorlarga chiqish, shu jumladan Ashxobod bitimiga muvofiq xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish istiqbollari muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.