O‘zbekiston Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya adliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti vakillari o‘rtasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini rivojlantirishga qaratilgan Hamkorlik dasturini onlayn shaklda imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Elchi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov marosimni ochib, mazkur hujjatni tayyorlash jarayoniga o‘z hissasini qo‘shgan mutahassislarga minnatdorlik bildirdi. Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Sherzod Rabiyev hamda Ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti professori, xalqaro hamkorlik boshqarmasi direktori Shintaro Naito ushbu voqea O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida yuridik fan va amaliyot sohasida eng yaxshi amaliyot va bilimlar almashinuviga yordam berishini ta’kidladi.






