O‘zbekiston – Germaniya: dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi hamkorlik

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi shu kunlarda Nyurnberg shahrida bo‘lib o‘tayotgan “BIOFACH-2022” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida davom etdi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ofeliya Nik meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, nemis brendlarini chorvachilik sohasiga jalb etish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlash borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.






