O‘zbekiston – Rossiya: Temir yo‘llarda raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik

Shu kunlarda O‘zbekistonga “Rossiyskiye jeleznie dorogi” OAJning Axborotlashtirish departamenti boshlig‘i Semion Kirill Viktorovich boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.
Ushbu uchrashuv temir yo‘l transportini raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikning mantiqiy davomi hisoblanadi. Tashrif doirasida joylarda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ infratuzilmasini o‘rganish, axborot texnologiyalarini joriy etish siyosati, temir yo‘l liniyalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini rivojlantirish va boshqa ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish rejalashtirilgan.






