O‘zbekistonda 1-apreldan IT vizalari beriladi

1-apreldan IT kompaniyalar taʼsischilari va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar uchun 3 yillik IT-Visa berish rejalashtirilmoqda.

Ushbu viza egalari Oʼzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda taʼlim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin boʼladi.

Nizomga koʼra, IT-Visa jismoniy shaxslarga 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. IT-Visa egalari vizaning amal qilish muddati davomida Oʼzbekistonga erkin kirib-chiqishlari, Oʼzbekistonning istalgan hududida qayta roʼyxatdan oʼtish majburiyatisiz qolishlari, Oʼzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda taʼlim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, viza egalari Oʼzbekistonda yashash uchun ruxsatnomani soddalashtirilgan tartibda, istalgan qiymatdagi turar joy koʼchmas mulkini sotib olishlari mumkin.