O‘zbekistonda 30-aprel kuni umumxalq hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 30-aprel, shanba kuni umumxalq hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida aytilgan.

Hashar doirasida mikrotumanlar, qishloqlar, ko‘p qavatli uy va binolar hududlari, hovlilar, bog‘lar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, maydonlar, shuningdek, bolalar maydonchalari hududlarini tozalash ishlari tashkil etiladi.

O‘zbekistonda umumxalq hasharlari an’anaviy tarzda yiliga ikki marotaba: Navro‘z bayrami oldidan va Respublika Mustaqilligi bayrami oldidan 1-sentabr o‘tkazilardi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Ramazon hayitida besh kun dam olishi haqidagi xabarlar ham qayd etildi.