O‘zbekistonda birinchi marta prezidentlikka nomzodlari ishtirokida teledebat bo‘lib o‘tadi

2021-yil 19-oktyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari ishtirokida teledebat bo‘lib o‘tadi.

Teledebatni “O‘zbekiston24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla” va “Madaniyat va ma’rifat” kanallari orqali tomosha qilish mumkin.

Debat aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida “O‘zbekiston24” va “O‘zbekiston” kanallarida surdotarjima bilan taqdim etiladi.

Shuningdek, “Yoshlar” va “Toshkent” kanallarida ruscha hamda “Madaniyat va ma’rifat” kanalida inglizcha tarjimada beriladi.

Bundan tashqari, teledebatni UzTV.tv onlayn platformasi orqali ham tomosha qilish mumkin bo‘ladi.