O‘zbekistonda bu yil qurilish ishlariga qancha mablag‘ sarflangani e’lon qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda 94,1 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Shuningdek, amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 foizga oshgani qayd etildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qurilish ishlari hajmi boʻyicha:
- 64 trln. soʻmlik bino va inshootlar qurilish ishlari;
- 20,3 trln soʻmlik fuqarolik qurilish obyektlari;
- 9,8 trln soʻmlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yakunlanganligi ma’lum qilindi.

Qurilish ishlari hajmining asosiy qismi (54,6 %) kichik korxona va mikrofirmalar hisobiga to'g'ri keladi