O‘zbekistonda maktablar yagona axborot tizimi orqali boshqariladi

Tizim elektron hujjat aylanishini avtomatlashtirish, budjetni tejash va ish haqini to’lashda yo’l qo’yiladigan kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Oʻzbekistondagi barcha umumtaʼlim maktablari Enterprise Resource Planning (ERP) (Korxona resurslarini rejalashtirish) yagona axborot tizimiga ulanadi, deya xabar qildi Xalq taʼlimi vazirligi.
Bugungi kunga qadar 700 mingdan ortiq xodim mehnat qilayotgan va 6,2 million nafar maktab o‘quvchilari tahsil oladigan 10 mingdan ortiq maktabni ERP tizimiga ulash ishlari olib borilmoqda. ERP boshqa vazirlik va idoralarning tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan ham integratsiya qilinadi.
Mazkur tizim elektron hujjat aylanishi jarayonlarini avtomatlashtirish, davlat budjetining ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ish haqini to‘lashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda axborot almashishda shaffoflikni ta’minlash imkonini beradi, deya xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi.






