O‘zbekistonda shokolad importi bo'yicha Top 10 davlat

2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 44 ta xorijiy davlatdan 38,1 ming tonna kakao va shokolad import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
O‘zbekiston 10 oyda eng ko‘p kakao va shokolad import qilgan top 10 davlat:
1. Rossiya – 26,3 ming tonna
2. Niderlandiya – 1,6 ming tonna
3. Ukraina – 1,6 ming tonna
4. Polsha – 1,5 ming tonna
5. Turkiya – 1,5 ming tonna
6. Qozog‘iston – 1,4 ming tonna
7. Xitoy – 563 tonna
8. Belarus – 261 tonna
9. Germaniya – 308 tonna
10. Italiya – 148 tonna
Qayd etilishicha, kakao va shokolad importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 ming tonnaga oshgan.






