O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti ochiladi

Mamlakatimizda nufuzli xalqaro ilmiy markazlar hamkorligida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi. Universitetga 2022/2023-o‘quv yilida 200 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Bu haqda 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasida belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, universitetga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 8 nafar professor jalb etiladi, 16 nafar mahalliy professor-o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur universitetda birinchi o‘quv yilida 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.






