O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida 80 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining Samarqand shahrida 15-16-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 22-sammiti haqida O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Bobur Usmonov o‘z fikrlarini bildirdi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti raisligi O‘zbekistonga o‘tganidan beri tashkilotni rivojlantirish uchun chinakam yangi, ilg‘or g‘oyalarni izlashga harakat qilish, ilgari foydalanilmagan resurslardan foydalanish kabi ishlarga e’tibor qaratildi. O‘zbekistonning ShHT kun tartibini jahondagi yangi tendensiyalarini hisobga olgan holda yangilash masalasiga fundamental yondashuvi O‘zbekiston tomonining qator tarmoqlarni takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslari: savdo-iqtisodiy hamkorlik, texnologiya va sanoat, transportning o‘zaro bog‘liqligi, “yashil” va raqamli iqtisodiyot masalalarida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olgan holda yangi takliflarni ishlab chiqish, pragmatizm va oʻzaro manfaatdorlik asossiy tamoyilga aylandi. Shu nuqtai nazardan, har jihatdan O‘zbekistonning ShHTga raislik qilish rejasi to‘liq amalga oshirildi. Biz 80 dan ortiq tadbirlar o‘tkazdik, shundan 30 tasi tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari darajasida bo‘ldi. Natijada 30 ta milliy koordinatorlar kontseptual hujjatlarning mustahkam paketini kelishib olindi. ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammitiga raisligimizning ma’qullanadigan asosiy siyosiy hujjat loyihasi — Samarqand deklaratsiyasida “mamlakatlarning mintaqaviy va mintaqaviy hamkorlikning tizimli va eng dolzarb masalalari bo‘yicha pozitsiyalari mustahkamlanishi” aks ettiriladi.

Bu safargi sammitda tashkilotga aʼzo barcha davlatlar va Belarus, Eron va Moʻgʻuliston kabi ShHT kuzatuvchi davlatlarining rahbarlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan Davlat rahbarlari kengashi majlisi ishida ishtirok etishadi. Bundan tashqari, sammitda mehmon sifatida taklif etilgan qator davlatlar rahbarlari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida Turkiya va Turkmaniston, Ozarbayjon prezidentlari, Armaniston bosh vaziri ham bor.

Shu bilan birga sammitda ShHT rasmiy aloqalarni oʻrnatgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, BMT, YuNESKO, MDH, KXShT, YeOII vakillari va boshqa davlatlar rahbarlari ham ishtirok etadilar. Sammit doirasida ShHTga aʼzo davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Ishonchim komilki, shu kunlarda butun dunyo hamjamiyatining diqqat-e’tibori O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tadbirga qaratiladi.