O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $36 milliarddan oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd. AQSh dollaridan oshdi. Mazkur dabr mobaynida eksport hajmi - $14,1 milliardni, import hajmi $21,9 milliardni tashkil etdi.

Eksport – $14,1 mlrd.
- mahsulotlar – $11,3 mlrd.
- xizmatlar – $2,8 mlrd.

Import – $21,9 mlrd.
- mahsulotlar – $20,1mlrd.
- xizmatlar – $1,8 mlrd.

Shuningdek tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar e'lon qilindi:
— Xitoy – 6,8 mlrd.
— Rossiya – 6,5 mlrd.
— Qozog‘iston – 3,3 mlrd.
— Turkiya – 2,5 mlrd.
— Koreya – 1,8 mlrd.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O‘zbekiston AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan voz kechgani haqida xabar bergan edik.