O‘zbekistonning tashqi siyosati konstruktiv bo‘lib, butun mintaqa manfaatlariga javob beradi

Davlatimiz rahbari huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamda Norvegiya xalqaro munosabatlar instituti (NXMI) bilan hamkorlikda, O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida, ikki davlat ekspertlari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etdi.

SMTI maʼlumotlariga koʻra, tadbirda Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI), Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) vakillari ham ishtirok etgan.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, raqamlashtirish va aqlli shaharlar qurish masalalari muhokama qilindi.